Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol 28 yil oldin qaynotasi hojatxonaga tashlab ketgan farzandini topdi
Keksa erkak nabirasi o‘g‘il bo‘lishini istagan va yangi tug‘ilgan qizni qo‘shni qishloqdagi hojatxonaga tashlab ketgan. Uni yo‘lovchi topib olgan, keyinchalik yevropaliklar farzandlikka qabul qilgan. Qiz katta bo‘lgach, oilasini qidirib topgan.
Xitoylik keksa erkak yangi tug‘ilgan qiz nabirasini hojatxonaga tashlab yubordi, chunki u o‘g‘ilni xohlagan edi. Qiz tirik qoldi va 28 yildan so‘ng o‘z oilasini topdi, deb yozdi South China Morning Post.
Xun Yanli qishloqda tug‘ildi va oiladagi uchinchi qiz farzand edi. Uning onasi Yan Syaoin so‘zlariga ko‘ra, tug‘ruqning ertasi kuni qaynotasi chaqaloqni olib ketishni va unga o‘zi g‘amxo‘rlik qilishni taklif etgan. Ayol rozi bo‘lgan, chunki u tug‘ruqdan keyin tiklanayotgan, eri esa safarda edi.
Bobo «o‘g‘il bolalarni afzal ko‘rardi», shuning uchun nabirasini qo‘shni qishloqdagi hojatxonaga tashlab ketdi. Bolaning yig‘isini yo‘lovchi eshitib qoldi, uning yonidan 120 yuan (taxminan 18 dollar), bir paket quruq sut va tug‘ilgan kuni yozilgan xat topildi.
Bobo nabirasini qayerda qoldirganini oilasiga aytishdan bosh tortdi. Qizning onasi shundan so‘ng «uni bir umrga yomon ko‘rib qolganini va hatto o‘limiga qadar umuman gaplashmaganini» aytdi. Uning eri Syuy Lixun so‘zlariga ko‘ra, u yillar davomida o‘zini aybdor his qilgan, ammo «kattalarga hurmati tufayli» politsiyaga murojaat qilmagan va otasi bilan janjallashmagan.
Qizcha bolalar uyiga topshirildi va bir yil o‘tgach, uni Niderlandiyadan kelgan juftlik asrab oldi va Yevropaga olib ketdi. U yerda Xun Yanli mehr va g‘amxo‘rlikda o‘sdi, ta’lim oldi va hatto doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Qiz o‘zining biologik oilasini xitoylik ko‘ngillilar yordamida topdi, ular unga DNK namunasini yo‘qolgan bolalarning ma’lumotlar bazasiga topshirishga yordam berishdi.
Xun Yanli 14 mart kuni tug‘ilgan qishlog‘idagi oilasi bilan uchrashdi, ko‘ngillilar unga butun yo‘l davomida hamrohlik qilib, tarjimonlikda yordam berishdi. Ota-onasi qizni ziyofat va mushakbozlik bilan kutib oldi. Otasi esa unga oltin bilaguzuk va nefrit taqinchoq sovg‘a qildi. Endi ular yozda Niderlandiyaga sayohat qilib, qizini asrab olgan ota-onasiga minnatdorchilik bildirmoqchi.
An’anaviy Xitoy madaniyatida o‘g‘il - avlod davomchisi, ota-onaning qarigan chog‘idagi tayanchi hisoblanadi, qizlar boshqa oilaga «ketadi». Ammo bu holat boboning xatti-harakatlarini zinhor oqlamaydi, lekin motivatsiyasini tushuntiradi.
Bunday holat yagona emas. Xitoyning 1980-1990-yillardagi tug‘ilishni qisqartirishga qaratilgan «bir oilaga – bir farzand» siyosati tufayli minglab qizlar «tashlab yuborilgan», boshqa oilaga yoki farzandlikka olishi uchun chet elliklarga berilgan. Ularning ko‘pchiligi bugungi kunda ham o‘z ildizlarini izlamoqda.
Mavzuga oid
19:21
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
15:21
YeI Xitoydan birinchi marta unga yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq avtomobil import qildi
21:10 / 20.03.2026
Xitoyda odamsimon robotlarni ishga o‘rgatish markazlari ochilmoqda
14:29 / 20.03.2026