Buxoroda o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, qochib yurgan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi
Buxoro shahrida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, jazodan qochib yurgan shaxs Qozog‘istonda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qidiruv» tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilib, sud idoralaridan yashirinib yurgan shaxs ushlangan. Buxoro shahar Temiryo‘lchilar ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 2002 yilda tug‘ilgan Yo.M.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 2021 yil 24 aprel kuni qidiruv e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur shaxs Qozog‘iston Respublikasining Oqtov tumanida qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelinib, viloyat IIB PPX va JTSB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024