Buxoro şahri markazidagi qator binolar, xususan, viloyat hokimligi ofisi ham bundan 2 yil avval “Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazi qurilişi sabab buzilgan edi. Biroq uşbu loyiha noma’lum sabablar ortidan töxtatilgan. Xöş, avvalboşidan bu işlar puxta rejalanganmidi özi? Madaniy meros agentligi bilan oçiq muloqotda Kun.uz Buxoro böyiça hozirgi reja qandayligini sörarkan, rasmiylar savolni oçiq qoldirdi hamda bu böyiça alohida matbuot anjumani ötkazilişini aytdi.

“Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazi qurilişi rejasi ortidan bundan 2 yil avval şaharning markazidagi va tarixiy yodgorliklarga nisbatan yaqin masofadagi binolar buzilişi boşlandi. Ularning içida strategik muhim obekt sanalgan viloyat hokimligi ofisi ham bor edi. Sovet davrida qurilgan bu bino bugungi Buxoroning ma’naviy ramziga ham aylangan, buxoroliklarning xotiralari jamlangan joy edi.

Hattoki uning buzilişini buxoroliklar ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy emotsiyalar bilan qarşi oldi. Unga tutaş hududlarda boşqa ma’muriy binolar ham buzilgan.

Bu işlar davom etayotgan bir onda Markaziy Osiyodagi madaniy meros obektlarini himoya qiluvçi taşkilotlar jarayondan xavotirini bildirib, qurilişni töxtatişni taklif qildi.

Hozir “Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazi uçun tanlangan hudud buzilganidan keyin böşligiça qolmoqda, atroflari örab olingan. Mahalliy aholiga köra, içkarida unga tutaş boşqa binolarni ham buziş-buzmaslik masalalari muhokamada bölişi mumkin.

24 aprel kuni Madaniy meros agentligi oçiq muloqot ötkazarkan, Kun.uz aynan Buxoro böyiça rasmiylardan aniq izoh söradi. Loyiha töxtab qoldi, buzilişidan avval reja puxta qilinmagan edimi?

Biroq agentlik rahbari Bahodir Abdikarimov bunga izoh bermay, Buxoro böyiça alohida matbuot anjumani ötkazilişini bildirdi.

“Mening özimam aloqadaman, bu böyiça hali alohida ötkazamiz”, dedi Abdikarimov.

Eslatib ötamiz, 2024 yilda Alerte Heritage arxitektura taşkiloti “Boqiy Buxoro” etnografik sayyohlik markazini “beöxşov loyiha” deb baholagan.

 “Örta Osiyoda eng yaxşi saqlanib qolgan örta asr şahri yonida “eski binolarga öxşaş” rekvizitlar qurilişi mumkin. Bunday soxta binolar Las-Vegas yoki Makaodagi kabi kulgili körinişi mumkin. Buxoroning tarixiy özagiga vizual yaqinlikdagi soxta „Şarq“ u yerdagi fuqarolarni begonalaştirişi va sayyohlarni qörqitişi mumkin”, deyiladi uşbu taşkilot bayonotida.

Rasmiylar 470 mln dollarga baholangan Buxoro turizm markazi “investor mablağlari hisobidan” amalga oşirilişini ma’lum qilgandi.

Keyinçalik ayrim manbalar quriliş işlari töxtab qolişini tanlangan “investor”dagi moliyaviy muammolar bilan boğlagan.