Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev va To‘qayev Buxorodagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Davlat rahbarlari Buxoro shahrida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning to‘liq zanjirini yo‘lga qo‘ygan “Nigora” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlariga tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxorodagi qo‘shma dastur doirasida mamlakatdagi yetakchi to‘qimachilik korxonalaridan birining faoliyati bilan tanishdilar.
Davlat rahbarlari Buxoro shahrida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning to‘liq zanjirini yo‘lga qo‘ygan “Nigora” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlariga tashrif buyurdilar.

Ushbu loyihaning qiymati 35 million dollarni tashkil etib, 2024 yil avgust oyida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. Bu yerda 840 nafar xodim ish bilan ta’minlangan, ularning aksariyatini ayollar tashkil etadi.

Yaponiya, Italiya, Belgiya va Germaniyadan keltirilgan yuqori texnologik uskunalar xalqaro bozorlarda dadil raqobatlashish hamda har yili 20 million pogon metr tayyor mato va 1 million dona to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi.
Prezidentlarga tayyor kiyim-kechak va matolar namunalari namoyish etildi. “Shoyigul” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan Yevropa mamlakatlariga, xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniyaga eksport qilinmoqda.

Davlat rahbarlari kompaniyaning yillik eksportni 10 million dollarga olib chiqish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda kelgusida sintetik tola va aralash matodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalarini yuksak baholadilar.


Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026