Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida bir necha kema hujumga uchradi
Tailand bayrog‘i ostida suzayotgan yuk kemasida yong‘in chiqqan. Eron harbiylari Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali «bir litr ham neft» o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib chiqdi.
Foto: Videodan kadr
11 mart kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozida uchta fuqarolik kemasi o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda BBC News.
Tailand bayrog‘i ostida suzayotgan «Mayuree Naree» nomli kemada zarba natijasida yong‘in kelib chiqqan. Kema ekipajining 23 nafar a’zosi O‘mon harbiy-dengiz kuchlari tomonidan evakuatsiya qilingan. Kema BAAning Xalifa portidan yo‘lga chiqqandi.
Shuningdek, Yaponiya bayrog‘i ostida harakatlangan va konteynerlar ortilgan «One Majesty» nomli kema ham zarba ostida qolgan. Kema qoplamasida diametri 10 santimetrlik teshik hosil bo‘lgan. Ushbu konteynerovoz BAAning Ras-al-Hayma portidan chiqqandi.
Hujumga uchragan uchinchi yuk kemasi – Marshall orollari bayrog‘i ostida harakatlangan «Star Gwyneth»ning ham korpusi shikastlangan. Ekipaj a’zolari orasida jabrlanganlar yo‘q. Ushbu kema hujumdan keyin yo‘nalishini o‘zgartirgani haqida ma’lumot berilmagan.
Ko‘p o‘tmay Islom inqilobi muhofizlari korpusi matbuot xizmati Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kesib o‘tishga harakatlangan ikkita yuk kemasiga zarba berilganini tasdiqladi. Ulardan biri – Liberiya bayrog‘i ostida suzgan «Express Rome» kemasi Isroilga, «Mayuree Naree» nomli ikkinchi konteynerovoz Tailandga tegishli ekani, ularning ikkisi ham ogohlantirishlarni e’tiborsiz qoldirgani ma’lum qilingan.
Eron havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari shtabi vakili Ibrohim Zulfiqoriy Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali «AQSh va Isroil uchun bir litr ham neft» o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib chiqdi.
«Ular tomon yo‘l olgan har qanday kema yoki tanker qonuniy nishon bo‘ladi. Neft narxi bir barrel uchun 200 dollarga yetishiga tayyorlaning, chunki neft narxi mintaqadagi xavfsizlikka bog‘liq, siz esa uni beqarorlashtirdingiz», – deya qo‘shimcha qilgan Zulfiqoriy.

- Jahondagi tashiladigan neftning katta qismi (20–25 foizi) Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. AQSh va Isroil Eron bo‘ylab zarbalar berishni boshlagach, Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatni to‘sishini ma’lum qildi. Bu esa neft narxi keskin ko‘tarilishiga olib keldi.
- 10 mart kuni kechqurun Eron harbiylari bo‘g‘ozni minalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Amerika harbiy qo‘mondonligi bo‘g‘oz atrofida eronliklarning bir necha harbiy kemalari, jumladan, minalashtiruvchi kemalar yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
00:18
Tramp Eronga 48 soatlik ultimatum qo‘ydi
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
09:18 / 04.04.2026
Tramp 1,5 trln dollarlik harbiy budjetni talab qildi
09:11 / 04.04.2026