Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga 48 soatlik ultimatum qo‘ydi
AQSh prezidenti Erondan 6 aprelgacha kelishuv tuzishni talab qilmoqda.
Eronning AQSh bilan kelishuv tuzishi uchun 48 soat vaqti qoldi, deb ma’lum qildi prezident Donald Tramp.
«Eslang, men kelishuv tuzish yoki Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun Eronga o‘n kun vaqt berganman. Vaqt tugamoqda — ularning boshiga do‘zax kuni tushishiga 48 soat qoldi», — deb yozdi Amerika prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq u «Eron hukumati iltimosiga ko‘ra» elektr stansiyalarni vayron qilish vaqtini 10 kunga cho‘zib turishini aytgandi.
O‘n kunlik muddat 6 aprel kuni tugaydi.
Tramp mart oxirlarida Eron bilan muzokaralarda oldinga siljish bo‘lganini ma’lum qilgan, ammo Eron tomoni bu iddaoni rad etgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026