Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tojikistonlik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga 100 mln dollar ajratadi
Foto: mfa.uz
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida Toshkent va Dushanbe o‘rtasida tojikistonlik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratish haqida hukumatlararo kelishuv imzolanadi.
Imtiyozli kredit sifatida ajratiladigan mablag‘lar Tojikiston banklaridan birining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bu haqda “Aziya-Plyus”ning Tojikiston hukumatidagi manbasi ma'lum qildi.
Taqdim etiluvchi kredit tojik tomoni uchun katta imtiyozlarni ko‘zda tutadi.
“O‘zbekiston shartlariga ko‘ra, pullar O‘zbekistonning davlat va xususiy korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq biznes-rejalarga ega tojik tadbirkorlarigagina kichik foizlar bilan taqdim qilinadi”, deb ma'lum qilgan manba.
Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2016 yilga nisbatan 82 foizga o‘sgan va 126 mln dollarni tashkil qilgan.
Ikki davlat tovar aylanmasi strukturasida 69 mln dollar O‘zbekiston mahsulotlarining Tojikistonga importiga, 57 mln dollar esa Tojikiston mahsulotlarining O‘zbekistonga eksportiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026