Jamiyat | 10:39 / 17.07.2017
6396
2 daqiqa o‘qiladi

“Ichan qal'a”da sayyohlarga audiogid xizmat ko‘rsatadi

O‘zbekistonda turistlar uchun Khiva Audio Tour mobil ilovasi ishlab chiqildi

Khiva Audio Tour mobil ilovasi muallifi yosh dasturchi Rasulbek Abdurasulov bo‘lib, mazkur ilovani hozirda “Android” tizimidagi smartfonlar va planshetlar uchun “Play Market” mobil ilovasidan va “IOS” tizimidagi smarfon hamda planshetlar uchun “App Store” mobil ilovalaridan yuklab olish imkoniyati mavjud. Mazkur mobil ilovada “Ichan qal'a” majmuasidagi barcha tarixiy obektlar haqida ma'lumotlar jamlangan. Ma'lumotlarni audio shaklda eshitish va undan tashqari, matn shaklida ham olish mumkin. Ilovaga obektlarning suratlari ham joylashtirilgan. 

Khiva Audio Tour GPS navigator tizimiga ulangan. Mobil ilova avtomatik ravishda tarixiy obektlarni aniqlaydi va ma'lumotlarni taqdim qiladi, ya'ni, “Ichan qal'a” majmuasidagi ma'lum bir tarixiy obektga yaqinlashganda GPS navigator tizimi orqali obektni tanib oladi va ma'lumotlar audio shaklida yangray boshlaydi.

Khiva Audio Tour mobil ilovasi joriy yilning mart oyida ishga tushdi. Mobil ilova ingliz va rus tillarida yaratilgan bo‘lib, hozirda mazkur mobil ilovani fransuz tilida yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid