«Içan qal'a»da qadimiy quduq topildi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bugungi kunda Xiva şahri, xususan, şaharning qadimiy qismi hisoblangan «Içan qal'a» davlat muzey qöriqxonasi hududida turizmni rivojlantiriş va xorijlik mehmonlarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini hamda muzey qöriqxonasi hududida istiqomat qiluvçi mahalliy aholining maişiy turmuşini yaxşilaş, şaharning içida kommunikatsiya, içimlik va oqova suvlar, gaz ta'minoti tizimlarini yangilaş işlari olib borilmoqda.
Hozirda muzey qöriqxonasi hududida hukumat qarori bilan 1980-1990 yillarda yotqizilgan mavjud eski içimlik va oqova suv tizimlari yer tagidan qazib olinib, ularni tubdan yangilaş işlari olib borilmoqda.

FA xabariga köra, kuni keça «Içan qal'a» davlat muzey qöriqxonasi hududidagi ta'mirlaş işlari çoğida bundan bir neça yillar oldin yopib taşlangan quduq oğzi oçildi. Uning noan'anaviy körinişi turli xil farazlarga sabab bölmoqda.
Bu quduq boşqa suv quduqlari kabi pastdan tepaga torayib ketmasdan, uning barça qismida diametri bir xil, ya'ni 2,60 metrni taşkil qiladi. Çuqurligi 5,60 metrga teng.

Qadimgi an'anaga köra, quduqning asosi, ya'ni poydevor qismiga Xorazm şaroitida köp uçrovçi daraxt, tut yoki gujumdan yoğoç poydevor örnatilgan. Yoğoçning qalinligi 16 santimetr atrofida. Quduq devorlariga 25x25x6 santimetr ölçamdagi pişgan ğişt nozik did bilan terilgan. Ğiştlar yuzasida rombsimon belgilar mavjud.
Ma'lum qilinişiça, quduq bundan taxminan 100-150 yil oldin qurilgan. Hozirgi kunda mazkur quduqdan aynan nima maqsadda foydalanilgani masalasi ilmiy jihatdan örganilmoqda.







