Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev kasanachilikni yanada rivojlantirishga doir qarorni imzoladi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilishning samarali vositalaridan biri bo‘lgan kasanachilikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslar bilan foydalanishni kengaytirish orqali oila byudjyetlari daromadlarini ko‘paytirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining Toshkent shahrida tijorat banklari tomonidan “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsortsium” mas'uliyati cheklangan jamiyatini (keyingi o‘rinlarda Konsortsium deb yuritiladi) 50,0 milliard so‘mlik boshlang‘ich ustav kapitali bilan tashkil etish va uni ishtirokchilari orasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlash borasidagi takliflari ma'qullandi.
Konsortsiumga:
mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilishga kasanachi va (yoki) kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi korxonalarga zayomlarni ajratish;
mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan kasanachilik turlari bo‘yicha uy sharoitida mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ishlab chiqarish uchun marketingni amalga oshirish va buyurtmachilarni topish vazifalari bilan tarkibiy bo‘linmalar hamda kasanachi va kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar o‘rnatishni ta'minlash bo‘yicha – Toshkent shahrining barcha tumanlarida filiallarni tashkil etish;
amalga oshirilayotgan ish hajmlariga muvofiq Konsortsiumning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari sonini mustaqil belgilash;
kasanachilar va kasana mahsulotlarini ishlab chiqarishga buyurtma beruvchi tashkilotlar bilan mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish borasidagi shartnomalarni tuzish huquqlari berildi.
2-ilovaga ko‘ra, “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsortsium” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ajratiladigan zayomlar evaziga tashkil etiladigan kasanachilik turlari ro‘yxati quyidagilardan iborat: 1. To‘qima va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish. 2. Galantereya (attorlik) mahsulotlarini ishlab chiqarish. 3. Qandolat va non mahsulotlarini ishlab chiqarish. 4. Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish. 5. Elektrotexnika mahsulotlarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish. 6. Bog‘dorchilik va obodonlashtirish xizmatlari.
Belgilab qo‘yilishicha, kasanachilarga zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun zayomlarni ajratish sotib olinayotgan tovarlarni kafillikka olish orqali amalga oshiriladi;
2017 yilning 1 iyulidan boshlab kasanachilar uchun jismoniy shaxslarga qo‘llaniladigan daromad solig‘i qat'iy 7,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Konsortsium barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilib, bo‘shayotgan mablag‘lar ustav jamg‘armasini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
kasanachilar bilan korxonalar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, shu jumladan, korxonalar buyurtmalarini uy sharoitlarida bajarish istagini bildiruvchi mahallalar aholisini aniqlash faoliyatini jadallashtirishni;
aholi orasida kasanachilik afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha jadal targ‘ibot ishlari amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025