Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarid cheklaridan to‘lanadigan keshbek miqdori cheklandi
Endilikda bir fuqaro oyiga maksimal 204 ming so‘m keshbek ola oladi. Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi.
Foto: Soliq qo‘mitasi
Bugun, 10 yanvar kuni imzolangan prezident qarori bilan, fuqarolarga xarid cheklari summasining 1 foizini qaytarish tartibiga o‘zgarishlar kiritildi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1 foiz keshbek olishda xarid summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi. Bu miqdor 60 BHMga teng bo‘lib, hozirgi kunda 20,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi.
Xarid chekida bank kartasi turini (korporativ yoki shaxsiy) ko‘rsatish shartligi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, xarid cheklaridan 1 foizlik keshbek qaytarish 2022 yil 1 yanvardan boshlangan edi.
2023 yilda Soliq ilovasidan keshbek olish maqsadida foydalanish uchun yuzni skanerlash (Face ID) talabi kiritilgandi.
Mavzuga oid
22:45 / 12.02.2026
Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
17:00 / 11.02.2026
Yashirin iqtisodiyot bilan kurash: majburlash va rag‘bat tarozisi
09:32 / 07.02.2026
2027 yildan suvdan foydalanish solig‘i suv tejamkorligiga bog‘lanadi
18:19 / 06.02.2026