Qarorga köra, suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududlarda joylaşgan suğoriladigan yer maydonlarida suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinsa, ajratiladigan subsidiyalar 1,25 oşiruvçi koeffitsiyent qöllangan holda hisoblanadi.
Suv bilan barqaror ta’minlangan hududlarda esa suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinmagan taqdirda, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 2 barobar oşirilgan miqdorda qöllanadi.
Şuningdek, 2027 yildan şoli yetiştiriladigan maydonlarning suv kiriş qismiga hamda baliqçilik xöjaligi taşkil qilingan yer maydonlarining suv kiriş va çiqiş qismiga tadbirkorlar öz mablağlaridan “aqlli” suv ölçaş va hisoblaş vositalarini örnatişi majburiy etib belgilanadi.
Bunda mazkur “aqlli” vositalar örnatilmagan holatlarda suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 2 barobarga oşirilgan miqdorda hisoblanadi.











