Jamiyat | 09:44 / 22.05.2017
23943
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Saudiyada o‘ta g‘ayritabiiy hodisa yuz berdi – ilon inson qo‘lidan suv ichdi

Internetda maxsus idishdan suv ichayotgan ilon tasvirlangan video keng tarqaldi.

Daily Mail’ning yozishicha, bu hodisa Saudiya Arabistonida yuz bergan. Videoda suvsizlikdan qiynalgan ilonning kadr ortidagi kishi ushlab turgan idishdan suv ichishi tasvirlangan. Idishdagi suv tugagach, sudralib yuruvchi videoga olingan joydan uzoqlashgan.

Nashrning ta'kidlashicha, voqea yuz bergan Rub-al-Hali sahrosidagi harorat Tselsiy bo‘yicha o‘rtacha 40-50 daraja jaziramani tashkil etadi.

Avvalroq shunga o‘xshash voqea Hindistonda ham yuz bergani xabar qilingandi. O‘shanda suvsizlikdan qiynalgan sudralib yuruvchi suv izlab aholi punktiga kirib kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid