Saudiya Arabistonida qurilayotgan şahzoda Muhammad bin Salmon nomidagi köp funksiyali stadionning yangi suratlari e’lon qilindi. U 2034 yilgi futbol böyiça jahon çempionatini ötkaziş uçun ehtimoliy arenalardan biri sifatida körilmoqda.
Quriliş işlari Ar-Riyod şahri ğarbidagi Qiddiya köngiloçar hududida olib borilmoqda.

Stadion suriluvçi tom va maydonga ega böladi, uning bir tomoni ulkan suriluvçi LED devordan iborat bölib, devorda jonli translatsiyalar, filmlar va lazer şou namoyiş etiladi. Devor oçilganida, maydon atrofidagi tribunalar va Tuvayk qoyasi manzarasi namoyon böladi. Bu dunyodagi birinçi töliq integratsiyalaşgan majmua bölib, stadionni bir neça soat içida turli tadbirlar uçun moslaştiriş imkonini beradi.
Geometrik şakldagi binolarning taşqi qismi raqamli ekranlar bilan qoplanadi va ular qoyadan ösib çiqqandek körinadi.

Stadion atrofida sport va köngiloçar hududlarga ega bölgan baland binolar quriladi. Ular içki köçalar orqali boğlanadi va bu köçalar ham LED ekranlar bilan qoplanadi. Uşbu yölaklar taşrif buyuruvçilarni qoya çetidagi kuzatuv maydonçalariga olib boradi.
Loyihasi Populous arxitektura byurosi tomonidan işlab çiqilgan uşbu arena 45000 tomoşabinga möljallangan.

Stadion Saudiya Arabistoni professional ligasining “Al Hilol” va “Al Nassr” klublari uçun uy maydoni böladi. Şu bilan birga, bu yerda boks, kibersport, konsertlar va teatr tomoşalari kabi turli sport va madaniy tadbirlar ham ötkaziladi.








