09:21 / 04.06.2024
15274

Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi

Avtobus kunora Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi - 300 ming so‘m.

Foto: Transport vazirligi

10 iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi.

Qatnovlar oyning juft kunlarida (kunora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan. Qatnovlarni Uzautotrans Service MChJ amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.

Toshkent-Cho‘ltonota xalqaro avtobus yo‘nalishida safar vaqti 20 soat, yo‘nalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top