Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
Hodisa oqibatida bir necha kishi jarohatlangan.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 17 aprel kuni avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida yo‘lovchilar jarohatlandi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa Toshkent–Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida juma kuni soat 06:45 da sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Nukus–Olmaota yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi haydovchisi boshqaruv vaqtida hushyorlikni yo‘qotgan. Oqibatda transport vositasi yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismidagi yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026