Toşkent şahrida yölovçilar bilan qöpol muomalada bölgan 11-sonli avtobus haydovçisi işdan böşatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda avtobus nosozlik tufayli sekin harakatlanayotgani, yölovçilardan biri tuşib qoliş uçun haydovçidan eşikni oçişni söragani, unga boşqalar ham qöşilganini köriş mumkin. Haydovçi esa ularga baqirib gapirgan va ularning özini keyingi avtobusni kutib turmagani uçun ayblagan.

Yölovçi bu yönalişdagi avtobuslar intervali juda kattaligi haqida gapirganida, haydovçi «yaxşi bölibdi, arz qiling, sizga öxşagan aqllilar köpligidan yettita qoldik», deya javob qaytargan.

«Toşşahartransxizmat» ma’lum qilişiça, 28 aprel kuni sodir bölgan mazkur holat 18-avtobus saroyi rahbariyati hamda mas’ul xodimlar iştirokida tanqidiy muhokama qilingan.

«Siz bilan mehnat şartnomasi tuzilganda xabaringiz bölgan. Bu poytaxt jamoat transporti, uning özining madaniyati, yuriş-turiş qoidalari bor. Hozir hammamiz kördik, harakat davomida yölovçilarga nisbatan juda ham qöpol muomalada bölgansiz. Yölovçilarga qulaylik yaratiş örniga, ularga noqulaylik yaratib, haqli e’tirozlariga sababçi bölgansiz», – deydi «Toşşahartransxizmat» boşqaruv raisi örinbosari Komiljon Qodirov.

Ma’lum qilinişiça, haydovçi S.Ş. 2 fevral kuni faoliyatini boşlagan va uç oylik sinov muddatida işlayotgan bölgan.

«Bu yerda haydovçi baqir-çaqir qiladigan holat yöq edi. Yaxşi gap bilan tuşuntirsa, hammasi joyiga tuşadigan holat edi. Bu avtobus buzuqligi – u texnika, buzilişi mumkin. Öşani fuqarolarga ham tuşuntirsa, yaxşi gap bilan böladigan narsa edi. Böldimi, töxtagin-da, örtoq fuqarolar, mana şunaqa bölib qoldi, ruxsat bersanglar, sekin yurib, keyingi bekatgaça olib borib, şu yerda tuşiraman-da, keyin sizlar boşqa transportda harakatlanasizlar. Noqulaylik yaratganim uçun uzr sörayman, deb yaxşi gapirsa böladi-yu. Fuqarolarga nisbatan qöpol muomalada bölgan haydovçilarga keskin çora köriladi», – degan yiğilişda qatnaşgan mas’ullardan biri.

Yölovçi taşiş qoidalarini buzgani va yölovçilarga qöpol muomalada bölgani uçun S.Ş. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

«Haydovçilarga ham tuşuntiringlar, bu texnika. Yönaliş davomida, harakat davomida avtobus texnik nosozlikka uçraganda nima xatti-harakat qilişi kerak, yölovçilar bilan qanaqa muomalada bölişi kerak. Haydovçi majbur bölgan xatti-harakatlari bor, öşalarni yöriqnoma sifatida ötkazib qöyiş kerak», – deya qöşimça qilgan Komiljon Qodirov.

«Toşşahartransxizmat» yuqoridagi holat qayta takrorlanmasligi uçun barça haydovçilarga yölovçilarga madaniyatli va xavfsiz xizmat körsatiş hamda tartib-intizomga qat’iy amal qiliş böyiça maxsus yöriqnoma ötkazilişi ta’minlanişini ta’kidlagan.