Jahon | 07:41 / 07.08.2025
3825
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Rossiyadan neft importi tanqid qilinishini «asossiz» deb atadi

AQSh va Yevropa Ittifoqi Moskva bilan savdo aloqalarini saqlab qolishda davom etmoqda, biroq Nyu-Dehlini Rossiya neftini import qilgani uchun tanqid qilmoqda, deya bayonot berdi Hindiston TIV.

Foto: BIJU BORO/AFP

Hindiston rasmiylari AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiya neftining importi bo‘yicha tanqidini «asossiz» deb atadi. «Har qanday yirik iqtisodiyot singari Hindiston ham o‘zining milliy manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi», deya ma’lum qildi Nyu-Dehlidagi Tashqi ishlar vazirligi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan so‘ng, Hindiston an’anaviy yetkazib beruvchilari Yevropaga faoliyatini yo‘naltirganidan so‘ng, Hindiston Rossiyadan neft import qilishni boshladi, deya ta’kidladi Hindiston TIV. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar «o‘sha paytda global energiya bozorlari barqarorligini mustahkamlash uchun Hindistonga bunday importni faol ravishda rag‘batlantirgan», deyiladi bayonotda.

Rossiya neftining importi hind iste’molchilari energiya uchun oldindan taxmin qilinadigan va arzon narxlarga ega bo‘lishi maqsadida amalga oshiriladi, deb ta’kidladi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi. U Nyu-Dehlini tanqid qilayotgan mamlakatlar Rossiya bilan savdo qilishda davom etayotganini bildirib, bu Hindistondan farqli o‘laroq, «hatto hayotiy milliy ehtiyoj ham emasligi»ni ta’kidladi.

Shu bilan birga, idora 2024 yilda YeI va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 67,5 milliard yevroni, 2023 yilda esa bu ko‘rsatkich to‘rt baravar kam — 17,2 milliard yevroni tashkil qilganini yozdi. «Bu Hindistonning o‘sha yili va undan keyingi yilgi Rossiya bilan umumiy savdosidan sezilarli darajada ko‘pdir. Yevropaning STG importi 2024 yilda amalda rekord darajadagi 16,5 million tonnaga yetdi va bu 2022 yilda o‘rnatilgan 15,21 million tonna bo‘lgan avvalgi rekorddan o‘tib ketdi», — deya qayd etdi Hindiston vazirligi.

Mavzuga oid