Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva kashtachilik maktabi ochilishida qatnashdi
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Suzuk ota hunarmandlar mahallasida ochilgan kashtachilik maktab-ustaxonasini borib ko‘rdi.
«Kecha Toshkentdagi Suzuk ota hunarmandlar mahallasida Madina Qosimboyevaning kashtachilik maktab-ustaxonasi ochildi. Bu ijodiy makon o‘quv markazi, ustaxona va galereyani o‘z ichiga olgan.
Maktab uchun yer qadimiy kashtachilik an’analarini saqlab qolish, qizlarga o‘qish, ijod qilish, ilhomlanish va mustaqil bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘i bilan ajratilgan edi.
O‘z iste’dodi va san’atga sadoqati tufayli Toshkent so‘zanado‘zlik maktabiga yangi hayot baxsh etgan Madina Qosimboyevaga alohida minnatdorchilik bildiraman», deya yozgan u telegram-kanalida.




Mavzuga oid
15:03
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”
20:18 / 19.12.2025
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
10:11 / 18.12.2025