O‘zbekiston | 19:04 / 24.07.2023
34592
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘rtacha pensiya miqdori bo‘yicha MDH davlatlari ichida pastki o‘rinlarda – OAV

Eng yuqori miqdor Qozog‘istonda, eng past miqdor Tojikistonda qayd etildi.

Foto: KUN.UZ

MDH davlatlarida eng yuqori o‘rtacha pensiya miqdori Qozog‘istonda ekani ma’lum bo‘ldi – 270 dollar (3,1 mln so‘m). Eng past miqdor Tojikistonda qayd etildi 27 dollar (315 ming so‘m). Bu haqda Kaktus.media xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori 97 dollarga (1,1 mln so‘m) teng va bu MDH davlatlari ichida past ko‘rsatkichlardan biri.

MDH davlatlarida o‘rtacha pensiya miqdori reytingi (AQSh dollari):

- Qozog‘iston – 270 $ (3,1 mln so‘m);

- Ozarboyjon – 249 $ (2,9 mln so‘m);

- Rossiya – 248 $ (2,9 mln so‘m);

- Belarus – 234 $ (2,7 mln so‘m);

- Armaniston – 127 $ (1,5 mln so‘m);

- Turkmaniston – 104 $ (1,2 mln so‘m);

- O‘zbekiston – 97 $ (1,1 mln so‘m);

- Qirg‘iziston – 92 $ (1 mln so‘m);

- Moldova – 58 $ (0,7 mln so‘m);

- Tojikiston – 27 $ (0,3 mln so‘m).

Mavzuga oid