Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi - Prezident qarori loyihasi
Aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Prezidentning “Aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovi hamda hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga:
tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholini tomorqa yer uchastkalari samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari a'zoligiga badal to‘lash, tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga bino va inshootlar ijarasi va a'zolik badallarini to‘lash uchun ishsiz, kam ta'minlangan va kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratishni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 80 milliard so‘m;
Mahalla guzarlarida tashkil etiladigan kasb - hunarga o‘qitish maskanlarini tikuvchilik, oshpazlik, sartaroshlik, elektrik, santexnik yo‘nalishlari bo‘yicha uskuna va jihozlar bilan ta'minlash uchun 50 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritiladi.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vazirining o‘rinbosari J. Qo‘chqorov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
18:43 / 09.12.2025
Har bir kambag‘al oila bo‘yicha individual reja ishlab chiqish taklif etildi
19:45 / 07.11.2025
SI umidlarni oqlamadi: kompaniyalar ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qaytarmoqda
11:46 / 28.10.2025
Toshkentda naqqoshlik san’ati markazi ochildi
17:50 / 02.10.2025