Toşkentda “Naqş” hunarmandçilik maktabi oçildi. Loyiha Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi hamda Britaniyaning eng qadimiy an’anaviy san’at maktabi – King jamğarmasi (KFSTA) bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maktab faoliyati bilan tanişdi.

KFSTA – köp yillardan buyon dunyoning turli burçaklaridan kelgan ustalarga me’morçilik, naqş, xattotlik va amaliy san’at sirlarini örgatib kelayotgan maskandir. Endilikda bu boy tajribadan Özbekistonda ham bahramand böliş imkoni paydo bölmoqda.

“Naqş” maktabining birinçi öquv yili beş kursdan taşkil topadi. Dastlabki maşğulotlar Toşkentda, 2-bosqiç Samarqandda – Uluğbek madrasasida ötkazilib, talabalar XV asr yodgorliklari misolida islom san’atiga oid naqşlarni örganadi.

“Qadimiy hunarlar zamon bilan hamnafas bölayotgani, ustalar esa ularni avloddan avlodga yetkaziş uçun ilhom olayotgani quvonarli hol”, – dedi Saida Mirziyoyeva.