Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
Amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin maxsus platforma orqali rasmiylashtiriladi.
Hukumat qarori bilan «Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim tashkiloti har yili 1 oktyabrgacha «Yagona milliy mehnat tizimi»ga (Dastur) kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini o‘tashi bo‘yicha shartnoma tuzish uchun so‘rov yuboradi.
Amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi.
Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.
Korxona Dasturga har oyning 25-sanasigacha zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.
Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda «bandligi ta’minlangan» sifatida qayd etiladi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
11:02 / 06.03.2026
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
15:40 / 03.03.2026
Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi yuritiladi
17:41 / 11.02.2026