Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi
Bu yil O‘zbekiston ilk bor ushbu nufuzli tuzilmaga a’zo bo‘ldi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1 iyun kuni BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi.
Vena shahrida o‘tkazilgan tadbirda 175 ta davlatdan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali rahbar va ekspertlar qatnashdi. Bu yil O‘zbekiston ilk bor ushbu nufuzli tuzilmaga a’zo bo‘ldi.

«Men mamlakatimizda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza bilan so‘zga chiqdim. Kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmaydi. Shu sababli ularga qarshi ochiq muloqot, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kurashishimiz zarur», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.





Mavzuga oid
19:52
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
10:24
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
08:54
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
23:03 / 02.06.2026