Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir kunda 65 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi
Foto: KUN.UZ
2018 yilning 8 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 2710 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Shulardan:
- mast holatda transport vositasini boshqarish – 19 ta;
- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 22 ta;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 24 ta;
- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 37 ta;
- odam tashishi qoidalarini buzish – 309 ta;
- tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish – 221 ta;
- bo‘ysunmaslik - 7;
- xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 1063 ta.
Jami 65 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
16:20 / 18.10.2021
Surxondaryoda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro ushlandi
10:46 / 28.09.2021