Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishida shu haqdagi qaror qabul qilindi. Mazkur turnir FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi. O‘zbekiston ilgari bunday turnirni o‘tkazmagan.
Foto: UFA
O‘zbekiston va Ozarboyjon 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2027 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Qayd qilinishicha, FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishida shu haqdagi qaror qabul qilingan. Mazkur turnir FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi. O‘zbekiston ilgari bunday turnirga mezbonlik qilmagan.
FIFA U-20 jahon chempionati 1977 yildan buyon o‘tkaziladi. Turnirda Argentina (6 marta), Braziliya (5), Portugaliya (2), Serbiya (2), Urugvay, Gana, Ispaniya, SSSR, Germaniya, Angliya, Fransiya va Ukraina g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Ayni paytda navbatdagi musobaqa Chili maydonlarida o‘tkazilmoqda. Unda 24 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashyapti, ular orasida O‘zbekiston yo‘q.
Mavzuga oid
09:50 / 03.02.2026
FIFA rahbari Rossiya jamoalariga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga chaqirdi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
19:52 / 19.01.2026