Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat boji stavkalariga Toshkentda yangi qurilgan ko‘chmas mulk bo‘yicha o‘zgartirish kiritiladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalarining 4-bandiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Davlat boji stavkalarining 4-bandiga (Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji undiradi) kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 5 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining kamida 10 baravari miqdorida;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
Izoh: “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 2, 5, 9 –11-bandlariga muvofiq Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan shaxs tomonidan Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida doimiy yashab turganiga (lavozimda bo‘lganiga) uch yil to‘lmasdan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda, u ushbu kichik bandda belgilangan stavkada davlat boji to‘laydi.
Agar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri mazkur kichik bandda belgilangan stavkada davlat boji to‘laydilar”.
“g” kichik bandda:
uchinchi xatboshidagi “jismoniy” so‘zi “boshqa” so‘zi bilan almashtiriladi;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
“ye” kichik bandning izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“Davlat boji miqdori garovga (ipotekaga) qo‘yuvchi va lizing oluvchi tomonga qarab, agarda ularning soni bir nechta bo‘lganda eng ko‘p miqdor bo‘yicha undiriladi”;
“r” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“avtomototransport vositasini boshqarish va mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqini beruvchi ishonchnoma va avtomototransport vositasidan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlaganlik uchun”;
“s” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “mol-mulkni tasarruf etish” degan so‘zlar “mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
“yu” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
“ya-1” kichik bandning izoh qismidagi “bekor qilish hamda mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Mavzuga oid
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
17:54 / 29.05.2026
Chirchiqda qarovsiz hayvonlar uchun yirik boshpana quriladi
18:28 / 28.05.2026