O‘zbekiston | 12:51 / 20.04.2023
6668
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi

Bugun va bayram kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika barcha viloyatlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Keyingi hafta boshiga borib, havo harorati kechalari +9...+14 darajagacha, kunduz kunlari +25...+30 darajagacha, respublika cho‘l hududlari va janubda ba’zi joylarda +32...+35 darajagacha ko‘tariladi. Shamol asosan o‘rtacha tezlikda sharqiy yo‘nalishda esadi, faqat shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekiston tog‘li hududlarida ham iliq va quruq ob-havo bo‘ladi. Tog‘larda harorat kechalari +4...+9 darajagacha, kunduz kunlari +15...+20 darajagacha ko‘tariladi. 

Bugun va 21-24 aprel kunlari poytaxtda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +10...+13 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +18...+20 darajadan +27...+29 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Mavzuga oid