O‘zbekiston bo‘ylab ikki mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalar aniqlandi - «O‘zbekkosmos»
Monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan maydonlarning 255,5 gektari chiqindi saqlash poligoni chegarasidan tashqariga chiqish bo‘lsa, 465 gektar maydondan esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida foydalanib kelinmoqda. Eng katta hududga ega noqonuniy chiqindi poligonlari Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida joylashgan.

Foto: «O‘zbekkosmos»
2024 yilning bugungi kuniga qadar «O‘zbekkosmos» agentligining ekologiya yo‘nalishidagi kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixonalar aniqlandi. Ulardan 123 tasi, ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi, ya’ni 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.
Xususan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar);
- Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar);
- Buxoro viloyatida 92 ta (91,7 gektar);
- Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar);
- Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar);
- Qashqadaryo viloyati 81 ta (79,3 gektar);
- Andijon viloyati 180 ta (42 gektar);
- Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar);
- Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar);
- Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar);
- Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar);
- Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).
Agentlikka ko‘ra, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi avvalo atrof-muhit va ekologiyaga hamda tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavfli. Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

22:22 / 18.04.2025
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025