Yangi Namangan tumani Yangi zamin mahallasida çiqindilar bir neça oydan beri olib ketilmayotgan edi. Çorasiz qolgan aholi vakillari ularni maşinaga yuklab, “Musaffo iqlim” MÇJ qarşisiga taşlab ketdi. “Bu birinçisi emas, ötgan yili dekabrda ham köçada oylab qolib ketgan çiqindilarni ofislari qarşisiga taşlab ketgan edik. Şu voqeadan keyin natija bölgandi”, deydi Kun.uz bilan suhbatda mahalla oqsoqoli.

Yangi zamin mahallasida yaşovçi Ilhom Mamasoliyevga köra, çiqindi oylar davomida olib ketilmagani ortidan atrofda çiqindi uyumlari hosil bölgan.

“25 mart kuni safardan qaytdim. Kelsam, eşigimning tagi çiqindixonada bölib ketibdi... Asabim buzildi. Bir neça oylardan beri mahallamizdan çiqindi olib ketilmagan edi.

Nima qilişni bilmay, 90 yoşga borib qolgan qöşnim Hakimjon otani çaqirdim. Uning “Moskviç” maşinasiga bir neçta qopdagi çiqindilarni yuklab, “Musaffo iqlim” MÇJ idorasi qarşisiga borib tökdik. Keyin bu lavhani Instagram va Facebook'dagi şaxsiy profilimga joyladim.

Çiqindilarni ağdarişdan avval idorasiga kirib, dardimizni aytdik ham. Lekin ular murojaatimizga e’tibor ham berişmadi. Ilojsizlikdan şu işni qildik-da. Buning ortidan natija böldi, albatta. Mana bölar ekan-ku.

Mahallamiz “Musaffo iqlim” MÇJ bilan şartnoma qilgan. Xizmat körsatiladimi-yöqmi, farqi yöq, tölov qilmasak qarzdorlik yoziladi.

Çiqindilarni olib ketinglar deb, salkam 6-7 oydan beri murojaat qilamiz. Tarqagan lavhadan keyin: “Biz aholiga xizmat körsatganmiz, xizmat körsatilgan paytda şu ikki fuqaro xonadonda bölmagan”, deya yolğon munosabat berişdi. Mayli, endi nima ham deymiz? Ayb bizda ekan-da. Aybni özimizga ağdarişdi”, – deydi Ilhom Mamasoliyev.

“Musaffo iqlim” MÇJ binosi qarşisiga çiqindi ağdargan Ilhom Mamasoliyev qöşnisi Hakimjon ota Ahmedov bilan

“Kombi”maşinasiga çiqindi yuklagan Hakimjon ota Ahmedov 2025 yilning dekabr oyida ham çiqindilarni yiğib, idora eşigi yoniga taşlab ketganini aytadi.

“Çiqindi xizmati uçun şartnoma qilganmiz. Bir oyda tört marta çiqindini olib ketişlari kerak. Lekin ular har xil bahonalar bilan bir oyda ikki marta kelamiz deyişdi. Unga ham rozi böldik.