O‘zbekiston | 09:54 / 07.09.2019
15020
2 daqiqa o‘qiladi

Suv ta'minoti tizimi tadbirkorlarga beriladi

Foto: UNIAN

O‘zbekistonda suv ta'minoti tizimining bir qismi tadbirkorlarga beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 sentabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Toshkent shahrida suv ta'minoti korxonalari rentabelligi 7 foiz, Andijon va Qashqadaryoda 6, Navoiyda 3 foizni tashkil etadi. 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo‘lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Yurtimiz shaharlarining faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj. 

Bildirilishicha, olis va tog‘li hududlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy qilinishi belgilab qo‘yildi. 

Bundan tashqari, tajriba tariqasida suv va kanalizatsiya tizimini tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik asosida berish choralari ko‘rilishi ta'kidlandi. 

Avvalroq, 2020 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda sovuq suv narxi oshishi kutilayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid