Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilaş va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş kerakligi ta'kidlangan. Qolaversa, toza içimlik suvi işlab çiqariş va tarqatiş inşootlari hamda iste'molçilarni 2022 yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagiçlar bilan ta'minlaş lozimligi qayd etildi.
Şu maqsadda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga 2020 yil 1 yanvardan tariflarni xizmatlar tannarxini töliq qoplaş va modernizatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda belgilaş vazifasi yuklatildi.
Yiğilişda ma'lum qilinişiça, 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bölsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari işdan çiqqan. Şaharlarning faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta'mirga muhtoj.












