O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketyapti?

Foto: Fotolia / NicoElNino
2019 yil yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 117,6 ming kishini tashkil etdi. Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 115,6 ming kishi respublika hududlaridan, 2,0 ming kishi xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelgan.
Ko‘chib ketganlar soni esa 126,1 ming kishini tashkil etdi - 115,6 ming kishi respublika hududlariga, 10,5 ming kishi xorijiy mamlakatlarga. Migratsiya saldosi minus 8,5 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning mos davrida minus 11,7 ming kishi bo‘lgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 4,9 ming kishi), Samarqand (minus 4,0 ming kishi), Toshkent (minus 3,5) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 3,3 ming kishi) qayd etildi. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 19,3 ming kishi) kuzatildi.
2019 yil yanvar-sentabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1971 kishini tashkil qildi. Bu borada yetakchilik Qozog‘istonda - 31,1 foiz. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (23,1 foiz), Tojikiston (22,8 foiz), Qirg‘iziston (13,3 foiz) va boshqa davlatlar (9,7 foiz) joy oldi.
2019 yil yanvar-sentabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 10 472 kishiga teng bo‘ldi. Bunda yetakchilik Qozog‘istonda - 57,4 foiz. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (37,3 foiz), AQSh (0,9 foiz), Isroil (0,8 foiz) va boshqa davlatlar (3,6 foiz) joy oldi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

21:58 / 25.03.2025
O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi

16:53 / 24.03.2025
Yer aholisi taxmin qilinganidan bir necha milliard ko‘proq bo‘lishi mumkin – tadqiqot

13:30 / 24.03.2025