Jahon | 07:52 / 06.08.2018
4380
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika sobiq prezidenti Maduroga qilingan suiqasdning haqiqiyligini isbotlashni talab qildi

Foto: Cuartoscuro

Meksika sobiq prezidenti Felipe Kalderon Venesuelaning yetakchisi Nikolas Maduroga qilingan suiqasdning haqiqiy ekanligini isbotlaydigan dalillarning mavjudligi bilan qiziqdi. Bu haqda siyosatchi tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Kalderonning so‘zlariga ko‘ra, agar suiqasd haqiqatan ham tasdiqlansa, u muhokamalarga loyiqdir. Uning fikricha, shunday muhokamalar Kolumbiya va uning prezidenti Xuan Manuel Santosga hujum uchun «mas'uliyat yuklab qo‘yilgani» tufayli ham yuz berishi kerak.

«Gap haqiqiy suiqasd haqida ketayotganini isbotlaydigan qanday dalillar bor?» - deya yozgan Kalderon. 

Uning ta'kidlashicha, Maduro o‘z mamlakatining «jasur xalqini» diktarura va qashshoqlik yo‘liga olib kirib qo‘yganini ham qoralash kerak.

Mavzuga oid