Venesuela qamoqxonalaridan mahbuslarni ozod qiliş böyiça avvalroq e’lon qilingan jarayon doirasida, 13 yanvar, seşanba kuni mamlakat Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges 400 dan ortiq inson ozodlikka çiqqani haqida ma’lum qildi. U na aniq ismlarni, na muddatlarni aytmadi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
“Ayrim mahbuslarni ozod qiliş haqida qaror qabul qilindi. Bu siyosiy mahbuslar emas, balki qonun va Konstitutsiyani buzgan, (AQŞning Venesuelaga) bosqin uyuştirişga çaqirgan ayrim siyosatçilar haqida gap ketmoqda”, — dedi u parlament sessiyasida. Uning qöşimça qilişiça, bu qaror “tinç hamjihatlikka kömaklaşiş” maqsadida qabul qilingan. Reuters eslatişiça, bir kun oldin Venesuela hukumati 116 kişi ozod etilganini bildirgan edi.
Şu bilan birga, bir qator inson huquqlarini himoya qiluvçi mahalliy nodavlat taşkilotlar 8 yanvardan buyon Venesuelada atigi 60–70 nafar mahbus ozod etilganini ma’lum qilmoqda. Ular hukumat harakatlarining sekinligi va ozod qiliş jarayoni böyiça aniq axborot yöqligini tanqid qildi. Venesuela hukumati esa doimo odamlarni siyosiy sabablarga köra qamoqda uşlab turişini inkor qilib keladi va 2024 yildagi bahsli saylovlarga qarşi namoyişlardan söng hibsga olingan 2000 kişining aksariyati allaqaçon ozod qilinganini aytgan.
Bloomberg agentligi ma’lum qilişiça, 13 yanvar kuni qabul qilingan dastur doirasida Venesuela kamida bir nafar AQŞ fuqarosini ham ozod qilgan, u allaqaçon mamlakatni tark etgan. Xavfsizlik sabablariga köra uning ismi oşkor etilmagan. Ilgari Ispaniya TIV esa ozod etilganlar orasida beş nafar Ispaniya fuqarosi borligini bildirgan edi.
Venesuela hukumati 8 yanvar kuni “köp sonli” venesuelalik va xorijlik mahbuslar, jumladan, taniqli muxolifat vakillari ozod etilişini e’lon qilgan. Ammo ozod etilganlarning aniq soni va ismlari hozirça ma’lum emas.
El Nacional gazetasi ma’lumotlariga köra, venesuelalik muxolif siyosatçi Xuan Pablo Guanipa va inson huquqlari himoyaçisi Rosio San-Migel ozod etilişi kutilmoqda. OAV şuningdek, Venesuela prezidentligiga sobiq nomzod Enrike Markes, Rafael Tudares (muxolif siyosatçi Edmundo Gonsales Urrutiyaning kuyovi) ham ozod qilinişi mumkinligi haqida yozmoqda. Muxolifat va xalqaro kuzatuvçilar fikriga köra, Edmundo Gonsales Urrutiya sönggi prezidentlik saylovlarida amalda Nikolas Maduroni mağlub etgan.
Foro Penal inson huquqlari himoya taşkiloti ma’lumotiga köra, Venesuelada taxminan 800 nafar siyosiy mahbus hanuz qamoqda saqlanmoqda. Ularning köpçiligi 2024 yilda Maduroning qayta saylanişiga qarşi namoyişlar paytida hibsga olingan.













