Jamiyat | 12:22 / 13.05.2022
35805
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi yonib ketdi

Haydovchi uxlab qolib, mashina pastlikka qulagan va sodir bo‘lgan yong‘inda to‘rt kishi yonib ketib vafot etgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 6 may kuni tongda A-378 Samarqand–Qarshi avtomobil yo‘lining Nurobod tumani hududidan o‘tgan 22-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi haydovchi Nexia mashinasini boshqarib kelayotib uxlab qolgan. Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan mashina beton to‘siqqa urilib pastlikka ag‘darilgan va yonib ketgan.

Oqibatda mashina salonida bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchi undan chiqa olmay yonib ketgan. Haydovchi esa og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda, haydovchi mashina boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olganiga 4 oy bo‘lgani va u o‘sha kuni charchaganiga qaramasdan mashinani boshqarishda davom etgani aniqlangan.

Avvalroq Toyloq tumanida haydovchi mashinani kanalga tushirib yuborib qochib ketgani oqibatida uch kishi vafot etgandi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bola bo‘lgan.

Mavzuga oid