Farğonada inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 20 may kuni Qöqon şahrida sodir bölgan. Voyaga yetmagan Z.A. Malibu maşinasini boşqarib ketayotib, piyodalar yölagidan ötayotgan 2016 yilda tuğilgan 3 nafar qizni urib yuborgan.
Oqibatda voyaga yetmagan M.K. olgan tan jarohatlari tufayli şifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan Z.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkentda maktab öquvçisi YTH sodir etgandi.

















