Maktabdan qaytayotgan ikki nafar 8 yoşli öquvçini piyodalar ötiş yölagida OKMKga tegişli xizmat avtomobili urib yubordi. Bolalardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinçisi esa oğir ahvolda reanimatsiyada. Guvohlar va marhum bolaning yaqinlari hududda yöl harakati xavfsizligi ta’minlanmaganini ta’kidladi. Kun.uz Olmaliqda bölib, hodisa tafsilotlarini örgandi.

Joriy yil 12 may kuni Olmaliqda ikki nafar maktab öquvçisi iştirokida oğir yöl-transport hodisasi sodir böldi. 8 yoşli Abdusamadjon va Islombek darsdan qaytayotib piyodalar ötiş yölagidan ötayotganda oq “Toyota” urib yubordi. Bolalardan biri voqea joyida vafot etgan. Guvohlarning aytişiça maşina katta tezlikda kelgan.

“Toyota” qattiq keldi...

Ötkir Otaxonov, voqea guvohi:

“Maşinalar ikki qator turgan edi. “Toyota” qattiq keldi, tormoz ovozi podvaldagi bolalargaça eşitilibdi. Bu bolalar şu payt ötib qolişgan, bittasini urgandi, ança naryoqqa borib tuşdi. Bittasi maşinaning tagida qolib ketdi. Men bu yoqda baqirdim. Bolani kötargan edim, quloğidan qon oqayotgan ekan. Özim 30 yil tez yordamda işlaganman. Ahvoli yomonligini tuşundim. Keyin haydovçiga eşikni oçişni, bolalarni ortib şifoxonaga olib borişni aytdim, olib ketdi. Borib bolalardan birining bobosiga xabar berdim. Birga şifoxonaga borsak, bola vafot etgan ekan. Yeta olmagan şifoxonaga, ikkinçisi komada yotgan ekan haliyam”.

Marhum Abdusamadjonning yaqinlariga köra, bu hududda bolalar iştirokidagi YTHlar birinçi marta emas. Har kuni yuzlab öquvçilar katta avtomobil yölini kesib ötişadi, ammo xavfsizlik çoralari deyarli yöq. Piyodalar ötiş yölagi bor, lekin aksariyat haydovçilar tezlikni pasaytirmaydi. Gavjum va bolalar köp qatnaydigan çorrahada svetofor ham yöqligi sabab navbatdagi fojia yana bir bolaning qurbon bölişi bilan tugadi.

Nazokat Şomurodova, marhumning buvisi:

“Turmuş örtoğim nevaramizdan ayrilib qolganimizni aytdi, dod-faryod boşlanib ketdi. Qarindoş kelinlarimiz guvoh bölişgan, lekin mening nevaramni tanimagan. Maşina juda katta tezlikda kelgan, ikkita liniyadagi maşinalar töxtagan, bu maşina uçinçi yönalişdagi liniyada kelib, qoidalarga rioya qilib ötayotgan ikki bolani koptokday uçirib yuborgan. Nevaram bordyurga borib urilgan. Yonidagi örtoğini kombinat maşinasi tagidan olişgan. Yoş bolalar maşinaning tagida yotsa...

Körganlar aytişiça, u maşinaning içida faqat haydovçi bölmagan, yana ikkita kombinat işçisi ham bölgan – boşliqmi kimdir. Menimça ular tuşlikka çiqqan bölişgan.

Yonimizdagi mahallalar: Şanxay, Olmaliqsoydan bamisoli çumoliday öquvçilar uçib kelişadi 18-maktabga. Hamma ota-onalarning şaroiti bölmaydi bolalarini özlari kuzatişga. Bu yerda qaysidir maşina töxtaydi, qaysidir maşina töxtamaydi. Mana, 2 kun avval mototsiklda yana bir qizning oyoğini uzib ketibdi. Bunga bee’tibor bölişi kerak emas. Juda köp bölyapti bizning şaharda avariyalar”.

Marhumning onasi bu yerda svetofor va YHXX xodimlarining muntazam kuzatuvi zarurligini aytdi:

“Svetofor qöyilsin şu yerga, svetoforgayam qaramayapti ayrim maşinalar. Özimiz neça marta köryapmiz, svetoforda ba’zi maşinalar kutmaydi piyodalarni. Hozir qöşnilarimiz ham xavotirda, hammasi bolasini özlari yetaklab olib borib kelyapti maktabga. Ertalab yoki tuşda heç bölmaganda 2 soat şu yerda YHXX xodimlari tursa bölardi”.

Ikkinçi jabrlanuvçi – Islombek ayni paytda Olmaliq şahar markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimida koma holatida qolmoqda. Ayrim sabablarga köra, bolaning yaqinlaridan intervyu olişning imkoni bölmadi.

Olmaliq şahar markaziy şifoxonasi travmatologi A’zam Normatov:

“12 may kuni 13:30 da bizga ikkita bolani olib kelişdi. Körikdan ötkazganimizda, afsuski, bolalardan birida biologik ölim qayd etilgan edi. Ikkinçisi oğir ahvolda bölgani uçun reanimatsiya bölimiga yotqizdik. Unga boş miya oçiq oğir jarohati, oğir darajali boş miya lat yeyişi, miya özagi lat yeyişi, çap taraflama çakka sohalarda miya içi gematomalari, peşona çakka tepa suyaklari ensaga ötib sinişi va botişi, teri osti gematomasi, kökrak qafasi, qorin sohalari jarohatlari, tromatik şok, koma holati taşxisi qöyildi. Sun’iy nafas apparatiga olingan”.

Kun.uz manbalarining ma’lum qilişlariga qaraganda, uşbu hodisani sodir etgan avtomobil Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga (OKMK) tegişli xizmat avtomobili bölgan.

Toşkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati holat yuzasidan Olmaliq şahar IIB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. Kun.uz holat yuzasidan kuzatuvlarni davom ettiradi.