Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorivor o‘simliklar markazining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, prezident qaroriga muvofiq markaz asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanish yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
- yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalari tashkil etish;
- urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ular xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish;
- dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
- tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklar agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish;
- dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash;
- dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar belgilangan:
- markaz maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
- markaz huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibi;
- markaz faoliyatini moliyalashtirish, markazga tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi.
Mavzuga oid
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi
11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi
13:52 / 09.08.2024