Hukumat qarori (776-son, 2025 yil 10 dekabr) bilan “Kelajak” markazlarida öqiganlik uçun ota-onalar badali tölovini undiriş va undan foydalaniş tartibi belgilab qöyildi. Unga köra, tölovlar bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ga nisbatan quyidagi miqdorlarda undiriladi:

2026 yil 1 yanvardan:

  • Toşkent şahrida – BHMning 30 foizi;
  • viloyatlar markazlarida – 25 foiz;
  • respublika qolgan tuman (şahar)lari, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyati Urganç şaharlarida – 15 foiz;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (şahar)larida – 10 foiz.

2026 yil 1 sentabrdan:

  • Toşkent şahrida – BHMning 60 foizi;
  • viloyatlar markazlarida – 50 foiz;
  • respublika qolgan tuman (şahar)lari, şu jumladan Nukus va Urganç şaharlarida – 30 foiz;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining qolgan tuman (şahar)larida – 20 foiz.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, joriy oy uçun tölov uşbu oyning 10-sanasidan keçikmasdan amalga oşiriladi. Faqat sentabr oyi uçun tölov 30-sanagaça tölanişi mumkin.

Tölovdan ozod etiladigan toifalar:

  • “Kambağal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari (ta’lim oluvçilar umumiy sonining 15 foizi doirasida);
  • alohida ta’limga ehtiyoji bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab va maktab-internat öquvçilari;
  • yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar, şuningdek umumiy örta ta’lim taşkilotlarining inklyuziv sinflarida ta’lim olayotgan alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan öquvçilar.

Ota-onalar tölovidan tuşgan mablağlar “Kelajak” markazlari infratuzilmasini yaxşilaş, öquv dasturlarini rivojlantiriş va bolalar ta’limi uçun qulay şaroitlarni yanada kengaytirişga yönaltiriladi.