O‘zbekiston | 19:47 / 23.02.2022
13059
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkent metrosida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirildi

23 fevraldan Chilonzor metro bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirildi. Undan bepul foydalanuvchilar toifalari belgilandi, Yoshlar ittifoqi yetakchilari ham hojatxonadan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Ona-bola xonasi va hojatxona «Chilonzor» metro bekatining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan kiriladigan qismida joylashgan.

 

Hojatxona ayollar va erkaklar uchun alohida bo‘lib, ayollar hojatxonasi ichkarisida ona-bola xonasi, ya’ni 1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarni yo‘rgaklash xonasi tashkil etilgan.

Ona-bola xonasi va hojatxona «Underground service» MChJ tomonidan «Toshkent metropoliteni» DUK bilan hamkorlikda qurilgan bo‘lib, undan foydalanish haqi 1,5 ming so‘m etib belgilangan.

Quyidagi toifaga kiruvchi yo‘lovchilar esa hojatxonadan bepul foydalanishlari mumkin:

  • Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari;
  • Nogironligi mavjud fuqarolar;
  • Chernobil falokati ishtirokchilari;
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va Yoshlar ittifoqi yetakchilari;
  • 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

«Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ona-bola xonasi hamda hojatxona sinov tariqasida qurilgan bo‘lib, natija kutilganidek bo‘lsa, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan yana 14 ta metro bekatida ham barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid