Özbekistonning qator viloyatlarida 25 yanvar kuni soat 11:00 larda elektr energiyasi ta’minoti uzilgani sabab Toşkent metropoliteni faoliyati vaqtinça töxtagandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro vagonlari içida qolib ketgan fuqarolar olib çiqilganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, «Toşkentmetropoliteni»ning «Maşinasozlar» (135 nafar), «Bodomzor-Minor» (70 nafar) va «Amir Temur» (210 nafar) bekatlari oraliğida (vagonlar içida) qolib ketgan jami 415 nafar yölovçi olib çiqilgan.

Şuningdek, soat 12:10 da Namangan viloyati Pop tumani 114-116-kilometrlarida yuk poyezdi töxtab qolganligi uçun 83-kilometrda yölovçi poyezd vaqtinçalik töxtatilgan. Yuk poyezdini zaxira yölga olib qöyiş uçun teplovoz va Qamçiq MQYoQBdan maxsus texnikalarda qutqaruvçilar jalb etilgan.