Toşkent şahrining jamoat transporti tizimi takomillaştirilib, infratuzilmasi rivojlantiriladi. Bu haqda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Özbekistonning 2022—2025 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasida aytilgan.

Ma’lum qilinişiça, yerusti yölovçi taşiş transporti yönalişlari tarmoği metropoliten bilan integratsiyalaşadi. Bu orqali jami 84 ta, jumladan, 2022 yilda 14 ta yangi harakat tarkibi (metro poyezdlari) xarid qilinadi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida özaro uzviy boğlangan barça transport turlarini rivojlantiriş dasturi işlab çiqiladi. Bu orqali 673 dona elektrobus xarid qilinadi. 11 ta magistral, 14 ta halqa, 92 ta boğlovçi va 42 ta yetkazib beruvçi yangi muntazam avtobus yönalişi tarmoği yaratiladi.

Imkoniyati çeklangan şaxslar uçun qulay şaroitga ega bölgan 1160 ta oraliq bekati qaytadan quriladi. Har yili 50 kilometrdan, 5 yil davomida jami 250 kilometr velosiped va piyodalar yölaklari quriladi.

Şuningdek:

  • 52 ta avtostansiya quriş hamda 29 tasini rekonstruksiya qiliş;
  • 278 ta yangi avtobus yönalişi oçiş;
  • 60 ta yangi şaharlararo avtobus yönalişini taşkil etiş rejalaştirilgan.