O‘zbekiston | 07:28 / 17.09.2022
16437
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolardan uy-joy solig‘ini uch karra undirish to‘xtatiladi 

Qonunchilikka muvofiq yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan belgilangan soliq stavkalari uch baravari miqdorida undirish belgilangan.

Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi tomonidan “Soliq kodeksi 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

2020 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 iyungacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan, ya’ni yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq stavkalari uch baravari miqdoridagi soliqlarni (Soliq kodeksi 437-moddasi 9-qismi) undirmaslik nazarda tutilmoqda.
 
2020 yil 1 yanvardan bugungi kunga qadar fuqarolar soliq stavkalari uch baravari miqdoridagi soliqlarni to‘lab kelayotgan bo‘lsa, keyinchalik to‘langan soliq summalari Soliq kodeksiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinishi belgilanmoqda.
 
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki mavjud hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq undiruvi endilikda Soliq kodeksi 437-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. 

Mavzuga oid