Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV akademiyasiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgardi
Foto: IIV Akademiyasi
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim bakalavriatiga respublikamizning barcha hududlaridagi o‘rta umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus ma’lumotga ega talabgorlar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son farmoniga binoan, nomzodlarni qabul qilishda umumiy kvotaning 10 foizi o‘rta umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus ma’lumotga ega fuqarolarga, 90 foizi idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga ajratiladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, nomzodlarning yoshi 17 dan kichik va 25 dan katta bo‘lmasligi, yigitlarning bo‘y-basti 165 santimetrdan, qizlarniki 160 sm.dan past bo‘lmasligi shart.
IIV Akademiyasida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar doimiy yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Me’yoriy hujjatlar talablari asosida arizalarni qabul qilish joriy yilning 15 noyabridan boshlangan bo‘lib, 2022 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi.
IIV Akademiyasi Kadrlar bo‘limiⓉ
Mavzuga oid
18:37 / 25.10.2021
«Har bir xodimni qonundan bir qadam ham og‘ishmaydigan qilib tarbiyalamoqchimiz» – IIV akademiyasi boshlig‘i bilan suhbat
20:34 / 27.02.2021
IIV akademiyasidagi muammolar tanqid qilindi
22:17 / 29.06.2017