Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident IIV akademiyasiga Xitoy jamoat xavfsizligi universitetini namuna qilib ko‘rsatdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrifi davomida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘ldi.
Prezidentga 2017—2021 yillarda IIV akademiyasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar taqdim etildi. Bular professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, ta'lim jarayonini tashkil etish va nomzodlarni ta'limga maqsadli tayyorlash, xodimlar malakasini va sohaviy xizmatlar faoliyatini yaxshilash, yangi innovatsion ta'minot bo‘yicha fond tashkil etish va moddiy-texnik bazani mustahkamlashdan iborat.
«O‘zbekiston» telekanali «Axborot» dasturida aytilishicha, akademiya faoliyati bilan tanishish davomida Shavkat Mirziyoyev sohada yuqori malakali, professional kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy tarkibning kasb mahorati, ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy bilimini puxta shakllantirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.
«Nomlar bor, sharoitlar bor, ammo bilimlar yo‘q. Strategiya yo‘q», — deyiladi reportajda.
«Hozirda akademiyadagi tahsil odatdagi universitetdagi tahsildan farq qilmayapti. Shuning uchun qisqa muddat ichida IIV akademiyasi butunlay yangi o‘quv muassasasiga o‘tishi kerak», — degan prezident. Shavkat Mirziyoyev bu o‘rinda Xitoy jamoat xavfsizligi universitetini namuna qilib keltirgan.
U yana bir muammo sifatida — til bo‘yicha to‘siqni keltirib o‘tgan. Prezident akademiya bazasida xitoy va rus tillarini o‘qitish kurslari ochishga ko‘rsatma berdi.
Prezident har bir viloyatdagi kollejlarda ichki ishlar serjantlari va mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha maxsus sinflar tashkil etish zarurligini qayd etib o‘tdi. O‘quvlar sentabrdanoq boshlanishi lozim. Umumiy bilimlar o‘z joyida olinadi, maxsuslari esa IIV Akademiyasida o‘qitiladi, deb xabar berdi dastur.
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi 8-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan ham tanishdi. Prezident Ichki ishlar idoralarini xalqqa yaqinlashtirish tinch va osuda hayotni ta'minlashga xizmat qilishini ta'kidladi.
Shu yerda «Avtokon» — avtomashinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlash va qoidabuzarliklarni qayd etish maxsus apparatining taqdimoti o‘tkazildi. Yo‘l harakati inspektori mashinasiga o‘rnatiladigan ushbu maxsus qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:05 / 09.06.2026
Prezidentga tog‘-kon sanoati va geologiyada raqamli texnologiyalarni joriy qilish rejalari taqdim etildi
19:52 / 09.06.2026
Prezident huzurida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
09:00 / 09.06.2026
Barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fani o‘qitiladi
08:10 / 09.06.2026