– Rustam Abduğaniyeviç, içki işlar vazirining kadrlar masalalari böyiça örinbosari bölib işlagan davringizda «tizimni nopok xodimlardan tozalaş zamon talabi», «kadrlarni töğri tanlaşimiz kerak», deb aytgansiz va öşa paytlarda butun respublika böylab içki işlar tizimida «katta tozalaş» amalga oşirilgandi. Kadrlar tizimidagi özgarişlar qanday natija berdi?

– Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari taşkil topganining 30 yillik bayrami arafasida turibmiz. Qisqaça aytib ötganda, 30 yil mobaynida mustaqilligimizning dastlabki yillarida içki işlar organlari juda oğir davrlarni boşdan keçirgan. Sababi – öşa paytlarda jinoyatçilik, ayniqsa, uyuşgan jinoyatçilik turlari avj olgan bölib, respublika böyiça kuniga yuzlab, hatto minglab jinoyatlar sodir etilganining guvohi bölganmiz.

Mana şu vaqtlarda içki işlar organlari xodimlari soğliği va hayotini xavf ostiga qöyib, jinoyatçilikka qarşi ayovsiz kuraş olib borişgan. Ya'ni mamlakatimizda bugun hukm surayotgan tinçlik va barqarorlik ta'minlanişi yölida juda katta mehnat qilişgan.

Amaldagi davlat rahbari prezident sifatida faoliyat boşlagan paytda qabul qilingan ilk qonunlardan biri bu – «Içki işlar organlari töğrisida»gi qonun bölgan. Bu bekorga emas. Içki işlar organlaridagi islohotlar haqiqatda öşa paytdagi eng dolzarb masalalardan biri bölgan. Sababi sönggi 5 yildan avvalgi davrda içki işlar organlari jazolovçi idora bölgan bölsa, Şavkat Mirziyoyev prezident sifatida iş boşlagan ilk kunlardanoq mutlaqo yangiça içki işlar organlarini şakllantiriş, ya'ni qonun ustuvorligini ta'minlaydigan, har qanday holatda xalq manfaatiga xizmat qiladigan, ijtimoiy yönaltirilgan professional tuzilmaga aylantiriş böyiça topşiriq bergan.

«Içki işlar organlari töğrisida»gi qonun, sohaga doir prezident farmon va qarorlarida tizimni tubdan takomillaştiriş, uni xalqqa yaqin qiliş, xalq bilan bevosita muloqotga kirib, uning dard-u taşvişi bilan yaşaydigan tuzilmaga aylantiriş böyiça keng kölamli islohotlar olib borildi.