Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev murojaatnomada ichki bozorda talabni rag‘batlantirish masalasiga to‘xtalib, bu turmush sifati yaxshilanayotganini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi. Davlat rahbarining qayd etishicha, bozorlardagi to‘kinlik, narx-navo barqarorligi va aholining iste’mol talabi ortib borayotgani ichki talabning o‘sib borayotganini anglatadi.
Foto: Kun.uz
Prezident ichki talabni rag‘batlantiruvchi asosiy omillardan biri inflatsiya darajasi ekanini ko‘rsatib, so‘nggi to‘qqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilgani, tovar va xizmatlar hajmi hamda turi ko‘paygani, kam daromadli oilalar uchun yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit ajratilayotgani va inflatsiya “bir xonali” raqamga tushirilgani natijasida aholining xarid qobiliyati 2 barobar o‘sganini aytib o‘tdi.
Uy-joy sohasi esa iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Shu munosabat bilan 2026 yilda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji va ichki iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilishi ma’lum qilindi.
Ipoteka bozorini qo‘llab-quvvatlash uchun 2026 yilda uy-joy ipotekasiga 23 trln so‘m resurs ajratilishi belgilandi. Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trln 700 mlrd so‘m subsidiya berilishi aytildi. Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshirilishi qayd etildi.
Kelgusi yilda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi ko‘lami oshishi ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga talabni ham tabiiy ravishda kuchaytirishi ta’kidlandi. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan ta’minlash maqsadida 2026 yilda 125 trln so‘mlik iste’mol krediti ajratilishi ma’lum qilindi.
Umuman, kelgusi yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirish va uni 30 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Mavzuga oid
21:57 / 26.12.2025
Kosmosga uchadigan o‘zbek va jinoiy to‘dalarga eslatma: prezident murojaatida nimalar dedi?
13:32 / 26.12.2025
«Jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuchimiz yetadi va buni qilamiz» – prezident
13:26 / 26.12.2025
Hokim va kengash raisi lavozimlari ajratiladi: tizim 208 tuman-shaharda joriy etiladi
12:18 / 26.12.2025