2027 yildan Özbekistondagi yangi köp kvartirali uylarni quriş loyihalarida zamonaviy elektron içimlik suvi hisoblagiçlarini örnatiş majburiy etib belgilanadi. Bu haqda «Aholini uy-joy bilan ta’minlaş işlarini jadallaştiriş va köp kvartirali uylar qurilişini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonida közda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, köp kvartirali uylar qurilişida yer ajratiş va ruxsat beriş tartib-taomillari jarayonlarini öz içiga oluvçi investitsiya-quriliş davrining davomiyligini 1,5 baravargaça qisqartiriş belgilandi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari har yili 1 oktyabrga qadar öz hududlari kesimida istiqbolli quriliş hajmlari, aholi ösişi, uy-joyga bölgan ehtiyoj, muhandislik va transport infratuzilmasi holati böyiça ma’lumotlarni tahlil qilgan holda köp kvartirali uylar quriş böyiça takliflarni işlab çiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Quriliş vazirligiga taqdim etadi.

Şuningdek, keyingi yildan boşlab barça yangi köp qavatli uylarning yölaklari va xonadonlarida amaldagi texnik reglamentlarga muvofiqlik sertifikatiga ega bölgan suv hisoblagiçlari örnatilişi majburiy böladi. Şuningdek, xonadonga kiradigan içimlik suv tarmoği uçun faqat bitta ölçov nuqtasi bölişi közda tutilgan.