Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 18 mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bunday tadbir mamlakat tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi.
Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgani ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, murojaat va takliflar tahlil qilinib, “Inson qadri uchun” degan g‘oya asosida sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqqa tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Uchrashuvda sohaning barcha bo‘g‘inlaridan 10 ming nafardan ziyod xodim ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024